Termiz shahrida "OʻZBEK TILI BAYRAMI"

Saylda vohamizning taniqli sanʼatkorlari va folklor jamoalari, shoir va yozuvchilar, keng jamoatchilik arboblari, raqs ustalarining hiromlari, vatanparvarlik ruhidagi harbiylarning chiqishlari hamda kitoblar, hunarmandchilik mahsulotlari, tasviriy va amaliy sanʼat namunalari koʻrgazmasi barcha mehmonlarga milliy g'urur hamda a'lo kayfiyat ulashdi.

Til – millat ko‘zgusi va ma’naviy boyligidir. Til bor ekan, millat barhayot! Bugun dunyoning qadimiy va go‘zal tillaridan biri sanaluvchi hamda kundan-kunga shuhrati ortib borayotgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to‘lganligi munosabati bilan Termiz shahar hokimligi jamoasi yurtdoshlarimizni o‘zligimizni anglatuvchi—Ona tilimiz bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Istagimiz, xalqimizni birlashtirib, milliy urf-odat, an’ana va madaniyatimizni  saqlab kelayotgan ona tilimizning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni, nufuzi ortib boraversin!

Abdulla QODIRIY- "O‘zbek tili kambag‘al til emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar."