Termiz shahrida "Yashil makon" umummilliy aksiyasi davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Termiz shahridagi Pedagogika institutida "Yashil makon" umummilliy aksiyasi doirasida ko'chat ekish ishlari olib borildi.
Ushbu xayrli ishda nuroniylar, mahallalardagi "Keksalar maslahati" guruhi raislari, institut faollari hamda talaba yoshlar faol ishtirok etishdi.