Termiz shahrida professional boks boʻyicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi oʻtkazildi

Turnirni viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov ochib berdi va musobaqada ishtirok etayotgan barcha sportchilarga omad tiladi. Shuningdek, turnirda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Gʻofur Rahimov ishtirok etdi. Mazkur bellashuvlarda Surxon oʻgʻlonlari va yurtimizdagi eng kuchli bokschilari ringga koʻtarilishdi.

Turli vazn toifalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan bokschilarga pul mukofotlari va sovgʻalar tantanali topshirildi.