PRESS-TUR O‘TKAZILDI
Termiz shahrida 2023 yil yanvarь-iyulь oylarida aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish maqsadli koʼrsatkichlari ijrosi boʼyicha bir muncha ishlar amalga oshirildi jumladan:
Termiz shahar hokimligini masʼul majmualarining tezkor maʼlumotlariga asosan Termiz shahrida yanvarь-iyulь oylarida 7 692 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi belgilangan boʼlib amalda 9 819 ta ish oʼrinlari yaratildi, reja 127,7 foizga bajarildi.
Shundan doimiy ish oʼrinlari tashkil etishda 1 561 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi belgilangan boʼlib amalda 3 417 ta ish oʼrinlari yaratilib, reja 218,8 foizga, mavsumiy va vaqtinchalik ish oʼrinlari tashkil etishda 493 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi belgilangan boʼlib amalda 417 ta ish oʼrinlari yaratilib, reja 84,5 foizga bajarilgan boʼlsa, 1 792 ta norasmiy ish oʼrinlarini legallashtirish belgilangan boʼlib amalda 1 114 ta ish oʼrinlarilegallashtirilib, reja 62,1 foizga bajarildi.
Yaratilgan yangi ish oʼrinlarining sohalar boʼyicha tahlili quyidagicha:
-investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirishda
yanvarь-iyulь oylarida 97 ta doimiy yangi ish oʼrinlari yaratilishi belgilangan boʼlib, amalda 279 ta (rejaga nisbatan 347 foiz),
-xizmat koʼrsatish va tadbirkorlikni rivojlantirishda
yanvarь-iyulь oylarida 3478 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi belgilangan boʼlib, amalda 4306 ta (rejaga nisbatan 110.7 foiz)ish oʼrinlari yaratildi.
-qurilish va kommunal xoʼjaligi sohasida yanvarь-iyulь oylarida
271 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishi belgilangan boʼlib, amalda
261 ta (rejaga nisbatan 96.3 foiz) ish oʼrinlari yaratildi.
- oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 1 207 ta loyihaga 28,8 mlrd. soʼmlik kreditlar ajratildi;
- aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob uskunalari olib berish boʼyicha 73 ta fuqaroga 78 mln soʼmlik subsidiyalar ajratildi;
- kasb-hunar va tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqishga 363 nafar fuqarolar yoʼnaltirilib, “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa nodavlat taʼlim muassasalarida oʼqitildi;
Termiz shahrida utgan 7 oyi davomida – 415 ta yuridik va 410 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlari davlat roʼyxatidan oʼtkazildi.
- Hokim yordamchilari tomonidan umumiy qiymati 40,7 mlrd.soʼmlik 137 tadan ortiq kichik ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish yoʼnalishidagi mikroloyihalarning manzilli roʼyxati shakllantirildi.
Ushbu loyihalar boʼyicha hokim yordamchilari tomonidan loyiha tashabbuskorlariga yil davomida amaliy yordamlar koʼrsatish natijada
443 ga yaqin yangi ish oʼrinlarini yaratilishi koʼzda tutilgan.
Oʼtgan 7 oy davomida mikroloyihalardan 26 tasi ishga tushirilib,
96 nafar yangi ish oʼrinlari yaratildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini oʼrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 145-sonli qarori 1-ilovasiga asosan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 03.03-2023-yildagi VI-58-20-8-121-k-23-qaroriga binoan “Аyollar daftari”ga xotin-qizlar 6 ta toifa boʼyicha kiritildi.
Joriy yilning 1 fevraldan 15 fevralga qadar “Аyollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritiladigan xotin-qizlar roʼyxati shakllantirilib, 4980 nafar xotin-qizlar “Аyollar daftari”ga kiritilishi yuzasidan “individual dastur”lari ishlab chiqildi.
“Аyollar daftari”ga kiritilayotgan xotin-qizlarga yoʼl xaritasiga asosan quyidagi amaliy yordamlar koʼrsatilishi belgilab olingan.
Jumladan,
1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 2009 nafar xotin-qizlardan 83% yaʼni 1668 nafarining bandligi taʼminlandi. Shundan, doimiy ishga 199 nafar, jamoat ishiga 48 nafar, kasb-hunarga oʼqitilganlar 158 nafar, subsidiya ajratilgan
58 nafar, oʼzini-oʼzi band qilganlar 1205 nafarni tashkil etadi.
Misol uchun, “Baynalminal” maxallasidan Boʼronova Xurshida Xurramovna, Ruzikulova Ugloy Raxmonkulona, Chorieva Muneraxon Olimjonovnalarga , Subsidiya asosida tikuv mashinkasi berilib oʼzini oʼzi band qildi, Nasriddinova Mavluda Normuratovna, Salixova Maloxat Magametovnalar jamoat ishiga joylashtirildi. Xoʼjaqulova Matluba Xolmurodovna Termiz shaxridagi 6 umumiy oʼrta taʼlim maktabiga ishga joylashtirildi.
2. Tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 103 nafar xotin-qizlardan 77 nafariga 1 mlrd 19 mln soʼm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
3. Boquvchisi boʼlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 1190 nafar xotin-qizlarning barchasi uchun BHMning 4 baravari miqdorida (1 200 000 soʼm) jami boʼlib 1 mlrd 428 mln soʼm miqdorida moddiy yordam berildi.
4. Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʼlgan xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 1123 nafar xotin-qizlarning barchasi uchun BHMning 4 baravari miqdorida (1 200 000 soʼm) jami boʼlib 1 mlrd 347 mln 600 ming soʼm miqdorida moddiy yordam berildi.
5. Uy-joyga muhtoj boʼlgan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 67 nafar xotin-qizlarning 30 nafari uchun 90 mln soʼm miqdorida ijara kompensatsiya uchun mablagʼ ajratiladi, qolgan 37 nafar xotin-qizlarni 2023-yil davomida subsidiya yoki ijtimoiy uy-joy bilan taʼminlash rejalashtirildi.
6. Qaramogʼida nogironligi boʼlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 488 nafar xotin-qizlarning barchasi uchun BHMning 4 baravari miqdorida (1 200 000 soʼm) jami boʼlib 585 mln 600 ming soʼm miqdorida moddiy yordam berildi.
7. Uy-joyi taʼmirga muxtoj ehtiyojmand 20 nafar xotin-qizlarning barchasi uchun BHMning 30 baravari miqdorida (9 900 000 soʼm) jami boʼlib 198 mln soʼm miqdorida mablagʼ ajratilib, taʼmirlash ishlari 3-chorak yakuniga qadar yakunlanadi.
8. “Аyollar daftari”ga kiritilgan 2350 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga toʼldirilgan “individual dastur”lariga asosan tibbiy, huquqiy va psixologik yordamlar koʼrsatilishi belgilangan boʼlib.
Termiz shahar adliya boʼlimi tomonidan 215 nafar xotin-qizlarga “Guliston” mahallasi 1-sektor binosida xuquqiy yordamlar koʼrsatildi.
Halq taʼlimi psixoliklari tomonidan 280 nafar xotin-qizlar bilan mahalalarda pisixologik maslaxat, treninglar oʼtqazib kelinmoqda.
Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Аyollar daftari”da turuvchi
350 nafar xotin qizlar tibbiy koʼrikdan oʼtqazildi.
Surxondaryo viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan 225 nafar xotin-qizlar kasb-xunarga oʼqitildi.
Аvgust Centyabr oylarida “Аyollar daftari”ga 1-toifasiga kiritilgan 110 nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, 20 nafar tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit mablagʼlari ajratish, 25 nafar ayollarimizning ijara kompensatsiya toʼlovlarini toʼlab berish, 50 nafarini ichki turizm boʼyicha sayoxat tashkil etish hamda mahallalar kesimida xotin-qizlar oʼrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarini oʼtkazishni rejalashtirib oldik.
Yoshlar banndligi
Termiz shahrida yoshlar bandligini taʼminlash hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik muammolarini hal yetish maqsadida sektorlarda olib borilgan ishlar natijasida fevral oyi yakuniga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar PQ-92-sonli qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyun kunidagi 312-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʼgʼrisida “Yoshlar daftari” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda “Temir daftar” ga kiritilgan oilalar farzandlaridan iborat jami 299 nafar mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning toʼlov kontrakt summasining 50% foizigacha, BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda jami 643 mln 100 ming soʼmlik toʼlov-kontrakt summasi toʼlab berildi.
Jumladan,
1-sektor hududidagi 82 nafar yoshlarning toʼlov-kontrakt summasining
50 % miqdorigacha oʼquv yurti hisob raqamiga jami 186 mln 700 ming soʼmlik toʼlov-kontrakt summasi;
2-sektor hududidagi 79 nafar yoshlarning toʼlov-kontrakt summasining
50 % miqdorigacha oʼquv yurti hisob raqamiga jami 171 mln 100 ming soʼmlik toʼlov-kontrakt summasi;
3-sektor hududidagi 61 nafar yoshlarning toʼlov-kontrakt summasining
50 % miqdorigacha oʼquv yurti hisob raqamiga jami 126 mln 500 ming soʼmlik toʼlov-kontrakt summasi;
4-sektor hududidagi 78 nafar yoshlarning toʼlov-kontrakt summasining
50 % miqdorigacha oʼquv yurti hisob raqamiga jami 160 mln 400 ming soʼmlik toʼlov-kontrakt summasi oʼtkazib berildi.
“Yoshlar daftari”da roʼyhatda turuvchi yoshlarga moddiy yordamlar koʼrsatilganli va “Yoshlar jamgʼarmasi”dan 2023 yil 15 avgust kuniga qadar qilingan harajatlar quyidagicha;
62 nafariga 46,5 mln. soʼm bir martalik moddiy yordam;
15 nafariga asbob-uskunalarga 69,6 mln. soʼm subsidiya;
7 nafariga haydovchilik kasb-hunarga oʼqitish uchun 8,4 mln. soʼm;
145 nafariga 348,1 mln. soʼm kontrakt toʼlovlari;
20 nafariga harbiy safarbarlik chaqiruvi badali uchun 112,8 mln. soʼm;
85 nafariga davolanish harajatlari uchun 414,5 mln. soʼm mablagʼlari toʼlab berildi.
76 nafariga 93,2 mln. soʼm boshqa yoʼnalishlar;
Jumladan,
Termiz shahar boʼyicha “Yoshlar daftari”ga 1285 nafar yoshlar (daftar.mehnat.uz) yagona yelektron platformasiga kiritildi shundan 697 nafar yoshlarning bandligi taʼminlangan va daftardan chiqarilgan boʼlib 588 nafar yoshlar bugungi kunda (daftar.mehnat.uz) yagona yelektron platformasida saqlanib qolmoqda
1-sektor hududida “Yoshlar daftari”ga 378 nafar yoshlar (daftar.mehnat.uz) yagona yelektron platformasiga kiritildi shundan 198 nafar yoshlarning bandligi taʼminlangan va daftardan chiqarilgan boʼlib 180 nafar yoshlar bugungi kunda (daftar.mehnat.uz) yagona yelektron platformasida saqlanib qolmoqda.
2-sektor hududida “Yoshlar daftari”ga 291 nafar yoshlar (daftar.mehnat.uz) yagona yelektron platformasiga kiritildi shundan 184 nafar yoshlarning bandligi taʼminlangan va daftardan chiqarilgan boʼlib 107 nafar yoshlar bugungi kunda (daftar.mehnat.uz) yagona yelektron platformasida saqlanib qolmoqda.
3-sektor hududida “Yoshlar daftari”ga 318 nafar yoshlar (daftar.mehnat.uz) yagona yelektron platformasiga kiritildi shundan 155 nafar yoshlarning bandligi taʼminlangan va daftardan chiqarilgan boʼlib 163 nafar yoshlar bugungi kunda (daftar.mehnat.uz) yagona yelektron platformasida saqlanib qolmoqda.
4-sektor hududida “Yoshlar daftari”ga 299 nafar yoshlar (daftar.mehnat.uz) yagona yelektron platformasiga kiritildi shundan 161 nafar yoshlarning bandligi taʼminlangan va daftardan chiqarilgan boʼlib 138 nafar yoshlar bugungi kunda (daftar.mehnat.uz) yagona yelektron platformasida saqlanib qolmoqda.
Bugungi kunga qadar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi mablagʼlaridan Vasiylik Kengashining qarorlariga asosan jami 2 mlrd 300 mln soʼm mablagʼ sarflangan.
Shuningdek, beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash, aholi va yoshlarni ommaviy sportga jalb yetish maqsadida mahallalardagi yoshlar oʼrtasida sportning mini-fudbol turi boʼyicha sport musobaqalari hamda qizlarni sportga jalb yetish, ular oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib yetish maqsadida “Mahallamiz sportchi qizlari” shiori ostida sportning stol tennis, shaxmat va shashka turlari boʼyicha sport musobaqalari oʼtkazish va gʼoliblarni taqdirlash uchun “Besh muhim tashabbus” tadbirlarida faol ishtirok yetgan yoshlarni ragʼbatlantirish maqsadida “Yoshlar daftari” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan 450 mln 120 ming soʼm mablagʼlar ajratilgan va tadbirlar uchun jami 450 mln 120 ming soʼm mablagʼ sarflangan.
II. 2023 yilning II-yarim yiligida Termiz shahrida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Аholi bandligi taʼminlash borasida 12 ming nafar ishsiz aholini doimiy va mavsumiy ish oʼrinlariga joylashtirish, 5,2 ming nafar fuqarolarni oʼzini-oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatga olish, 312 nafarini hunarmadchilikka, 650 nafarini yakka tartibdagi tadbirkorlikka (yollanma bilan birga) va 1214 nafarini jamoat ishlarga jalb qilish choralari koʼriladi.
2. Аholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼrgatish maqsadida 950
nafar fuqarolar (shundan kasb-xunarga 615 nafar va tadbirkorlikka
315 nafar fuqarolar) oʼqitish uchun yoʼnaltiriladi.
Shuningdek, nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan 245 nafar yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitilib, oʼqitish boʼyicha NTTga sarflangan xarajatlarning 70 foizi davlat tomonidan kompensatsiya qilib beriladi.
3. Аholini tadbirkorlik va oʼzini oʼzi band qilish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2,3 mingga yaqin loyihalarga
56 mlrd.soʼmlik imtiyozli kreditlar hamda 415 ming ishsiz fuqarolarga
4,1 mlrd.soʼmlik 20 ta turdagi subsidiyalar ajratiladi.
4. Аmalga oshirilgan ishlar natijasida 2023 yilda mahallalarda
1,1 mingga yaqin yuridik va 1,2 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlari davlat roʼyxatidan oʼtkaziladi.
5. Hokim yordamchilari tomonidan 1-chorak davomida barcha mahallalarda qaytadan “xonadonbay” xatlov ishlari olib boriladi. Xatlov davomida aholining ishlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqish, kredit va subsidiyalar olish kabi istaklari oʼrganib chiqildi. Bu orqali oilalarning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidagi oʼzgarishlar “Onlayn mahalla” platformasida qayd etiladi.
6. Hokim yordamchilari tomonidan Termiz shahridagi “Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi ( 50,1 ming oila) har bir oilaning iqtisodiy ahvoli joyida oʼrganib chiqilib, oʼrganish natijalariga koʼra daromadi kambagʼallik chegarasidan past deb topilgan oilalar “kambagʼallikdan chiqarish” moduliga kiritilib, har bir oila bilan “individual dastur” va “ijtimoiy shartnoma” asosida ish tashkil etiladi.
Termiz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Qalandarov