Rasmiy munosabat

Termiz shahar “At-Termiziy” va “Alisher Navoiy” shoh koʻchalari kesishmasidagi chorraha hisoblanib, ushbu chorraha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Termiz shaxar “At-Termiziy ” koʻchasi 2,7 km avtomobil yoʻlini toʻla tamirlash obyektining loyihasiga kiritilganligi ushbu loyiha asosida bugungi kunda “At-Termiziy” shoh koʻchasida qurilish ishlari olib borilayotganligi, mazkur qurilish davomida loyiha boʻyicha chorrahadagi latoklarga maxsus quvur yotqizilib, beton qilinishi nazarda tutilganligi inobatga olinib, ushbu ishlar belgilangan muddatda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi maʼlum qilinadi.