Prezident topshirig‘i amalda

Prezident topshirig‘i amalda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan edi.

Davlatimiz rahbari topshiriqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida mahallardagi yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o'rganilmoqda.

Ayni maqsadda Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev "Bog'zor" mahallasida yashovchi “qizil toifa”ga kiruvchi yoshlar xonadonida bo'ldi. Shu mahallada yashovchi Habib Jalilov uchun stol tennisi va turnik anjomlari topshirildi.Shuningdek, Ozod Ziyayev xonadoniga ham tashrif buyurishib, sport anjomlari berildi.