Termiz shahridagi 5 ta mahallada topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Termiz shahridagi 5 ta mahallada topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Viloyat rahbari Termiz shahrining "Nurli kelajak", "Mexrobod", "Yangi O‘zbekiston", "Sohil" va "Alpomish" mahallarida olib borilayotgan ishlar va belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rgandi.

Shahar mahallalarida topshiriqqa muvofiq ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, fasad qismini bo‘yash, bolalar maydonchalarini ta’mirlash, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yaxshilash, yashil hududlar tashkil etish, ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortish hamda piyodalar yo‘laklari barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat rahbari olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi hamda har bir manzil bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.