Vazir Hilola Umarova Termiz shahridagi maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’ldi

Vazir Hilola Umarova Termiz shahridagi maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’ldi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida faoliyat olib borayotgan "Волшебный замок" maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ayni kunda 360 nafar tarbiyalanuvchi ta'lim-tarbiya olayotgan mazkur ta'lim tashkilotini aholi talabidan kelib chiqib 1000 o'rinli qilib kengaytirish ko'zda tutilmoqda.

Shu bois tadbirkor tomonidan ta'lim tashkilotiga kelgusida 640 o'rinli yangi bino qurilishini boshlash orqali jami 1000 nafar bolani qamrab olish taklifini bildirdi.

Vazir ushbu taklifini qo'llab-quvvatlab, bino qurilishi ko'zda tutilgan yer maydonini ham ko'zdan kechirib, o'zining zarur taklif tavsiyalarini berdi.