Sud majlisida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlagan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlagan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi tomonidan sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan ikki nafar shaxslar A.Q va K.N.ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

 Ish hujjatlari tahlil qilinganda, qarzdorlar Davlat ijrochisining bir necha bor ogohlantirishlariga qaramay aliment pullarini to‘lashni paysalga solib, aliment to‘lovidan qochib, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlaganligi aniqlandi.

Ulardan biri, Muzrabot tumani, “Alpomish” mahallasida yashovchi qarzdor A.q. bo‘lib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining 2023 yil 24 yanvardagi buyrug‘iga ko‘ra, undiruvchi S.D.ning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandlarining taʼminoti uchun 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, qarzdor A.Q. 2023 yil 20 yanvardan 2023 yil may oyiga qadar to‘rt ortiq muddat mobaynida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga 2.943.330 so‘mlik  aliment qarzlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan.

Sud majlisida  farzandi oldidagi masʼuliyatini esidan chiqarib, otalik burchini unutgan huquqbuzarlar sud qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasi bilan aybdor deb topilib, ularning har biriga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlanib, jazo muqarrarligi taʼminlandi. Qarzdor otalar sud zalida darhol qamoqqa olinib,maʼmuriy qamoq jazosini o‘tash uchun Termiz shahridagi maxsus qabul qilish muassasaga joylashtirildi.

Konstitutsiyamizning 77-moddasida, Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning  taʼlim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ayrim otalar esa, farzandlari oldidagi otalik burchlarini unutib qo‘yishmoqda.

Shunday ekan, har bir ota-ona bolalar davlatimizning ertangi kelajagi ekanligini chuqur his etgan holda oilada sog‘lom muhit yaratishga masʼul ekanligini unutmasligi kerak.

Ikromjon  Shaymanov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining raisi