Fotoreportaj | Qirqqiz qal’asi saroyi

Fotoreportaj | Qirqqiz qal’asi saroyi

Qirqqiz qal’asi IX-XV asrlar davomida bunyod etilgan. Hozirgacha vayrona holida saqlangan. Tadqiqotchilar tomonidan ushbu yodgorlik o‘tmishda qanday vazifada foydalanganligi haqida turli farazlar mavjud. Shahar tashqarisidagi zodagon saroyi, qizlar madrasasi, xonaqoh, karvonsaroy va hakozo.O‘rta asrlarda Termiz shahrining tashqarisida joylashganligi qal’a shahar tashqarisidagi qo‘rg‘on vazifasini o‘taganligini ko‘rsatadi. U dunyo tomonlariga moslab qat’iy mujassimotda bunyod etilgan.

Qal’aning barcha xonalari va markazdagi sahn o‘zaro yo‘laklar bilan bog‘langan, markaziy sahn hovli yoki gumbazli zal bo‘lgan deb taxmin qilinadi.

Ayvon va yo‘laklar orqali bino to‘rt qismga bo‘lingan. Og‘zaki ma’lumotlarga ko‘ra, xalq dostonlarida zikr etilgan dushmanlar hujumini qaytara olgan qahramon qiz, Guloyim va uning qirq dugonasi aynan shu yerda yashagan. Shuningdek, XX asrgacha xalq tomonidan Qirqqiz qal’asi joylashgan hududlar “Shahri Somon” deb ham atalgan.