Ibn Sino ko‘chasi Termiz shahrining eng ko‘rkam manziliga aylanmoqda

Ibn Sino ko‘chasi Termiz shahrining eng ko‘rkam manziliga aylanmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, shaharning Ibn Sino markaziy ko‘chasida keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yaxshilash, asfalt yotqizish, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, yo‘laklar qurish, gul ko‘chatlari ekish, yashil hududli maydonlar tashkil etish ishlari davom etdi.

Bugun ushbu ko‘chada ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilib, tegishli tashkilotlar tomonidan 1500 dona archa va 1000 dona atirgul ko‘chatlari ekildi.