Viloyat hokimining topshiriqlari ijrosi: Ibn Sino ko‘chasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda

Viloyat hokimining topshiriqlari ijrosi: Ibn Sino ko‘chasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, viloyat rahbari Termiz shahri bo‘ylab ko‘chalar, avtomobil yo‘llari yoqalari, ko‘p qavatli turar-joylar atroflarida o‘rganish o‘tkazib, obodonlashtirish, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, odamlar uchun qulay, zamonaviy qiyofa kasb etgan shaharga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab bermoqda.

Mazkur topshiriqlarga asosan Ibn Sino markaziy ko‘chasi bo‘ylab keng ko‘lamli ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda. Xususan, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yaxshilash, asfalt yotqizish, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, yo‘laklar qurish, gul ko‘chatlari ekish, yashil hududli maydonlar tashkil etish ishlari amalga oshirilib, ko‘p qavatli turar-joylar atroflari obodonlashtirilmoqda.

Hozirda ishlar tizimli ravishda, belgilab berilgan chora-tadbirlarga asosan davom etmoqda.