TERMIZ SHАHRIDA 1-OKTABR "O‘QITUVCHI VА MURАBBIYLАR KUNI" BАYRАMI NISHONLANDI

TERMIZ ShАHRIDA 1-OKTABR "O‘QITUVChI VА MURАBBIYLАR KUNI" BАYRАMI NISHONLANDI
Bugun, Termiz shahridagi “Аfruz” tantanalar saroyida 1-oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev barcha o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan qutlab ularga o‘zining dildagi eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirdi. Tadbir davomida yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan fidoiy ustoz va murabbiylar shahar hokimining faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shundan so‘ng bayram konsert dasturi asosidagi chiqishlar va xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayram qatnashchilariga pozitiv kayfiyat bag‘ishladi.