“Ma’rifat” mahallasi yo‘llari asfaltlandi

“Ma’rifat” mahallasi yo‘llari asfaltlandi

Ayni kunlarda shahardagi mahallalarning ichki yo‘llarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ko‘plab noqulayliklar tug‘dirayotgan notekis yo‘llar ta’mirlanib, aholi uchun qulay va ravon yo‘llarga aylantirilmoqda.

Jumladan, shaharning 3-sektor hududida joylashgan “Ma’rifat” mahallasining “Nurli yo‘l”, “Islom Karimov” va “Fayzli yo‘l” ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari qizg‘in sur’atlarda olib borildi.

Bu kabi xayrli ishlarda mahalla ahli ham faol ishtirok etib, yo‘lsozlar ishida yaqin ko‘makchi bo‘lishmoqda.