Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Joriy yilning 17-may kuni ijtimoiy tarmoq orqali Termiz shahrining 5-kichik daha hududidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida yo‘l belgilari chizilmagani bu yerdan esa har kuni maktab o‘quvchilari va bolalar bog‘chaga qatnashlari aytilgani, masʼullardan esa og‘ir falokat yuz bermasdan holatni nazoratga olib chora ko‘rishlari so‘ralgan murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat shaharning “Alisher Navoiy” markaziy ko‘chasidagi holat bo‘lib, «Alpomish» va “Bog‘ishamol” mahallalari tutashgan hududda joylashgan. Hozirgi vaqtda shahar hokimligi va aloqador tashkilotlar hamkorlikda mazkur ko‘chadagi barcha kamchiliklarni to‘liq o‘rganib chiqish va ushbu muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligini maʼlum qiladi.