OCHIQ MULOQOT

OCHIQ MULOQOT

Termiz shahar IIB JXX HPB XQMB katta inspektori Saltanat Allanazarova ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotda Termiz shahridagi oliy taʼlim muassasalari masʼullari, talaba yoshlar, OAV xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Ochiq muloqotda Saltanat Allanazarova quyidagi fikrlarni bildirdi.

Davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan so‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shulardan eng asosiysi sifatida mamlakatimizda gender tengligini taʼminlash maqsadida 2019 yil 2 sentyabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligini aytib o‘tishimiz mumkin.

Inson-oliy qadriyat. Hayot shirin, uni mazmunli, mohiyatli, maqsadli o‘tkazib, ezgu ishlar qilib tevarak-atrofimizdagi insonlar hurmatiga sazovor bo‘lish har bir inson uchun katta baxt. Farzandlarimizga eʼtiborli bo‘laylik! Inson hayoti, yosh avlod kelajagiga raxna solishi mumkin bo‘lgan giyohvandlik-bangilikka qarshi kurashish mustaqil yurtimizning har bir fuqarosi, qolaversa, har birimizning muhim vazifalarimizdan bo‘lib hisoblanishi, jamiyat hayotidagi mavjud har qanday zararli illatni yo‘q qilish va uning oldini olish har birimizning vazifamiz, sharafli burchimizdir.

Ochiq muloqot davomida maʼruzachi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xotin-qizlarimizni haq-huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili, shuningdek, gender tenglik, ayollar va erkaklar o‘rtasida teng huquqlar va imkoniyatlar, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, gender zo‘ravonlikni oldini olish to‘g‘risida xabardorlikni oshirish to‘g‘risidagi maʼlumotlar berib o‘tildi.