Prezidentimizning 2019 yilda Surxondaryo viloyatiga ташрифи  davomida Sulton Saodat majmuasini obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi.

Prezidentimizning 2019 yilda Surxondaryo viloyatiga ташрифи  davomida Sulton Saodat majmuasini obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi. Mazkur topshiriqqa asosan majmuani to‘liq qayta rekonstruksiya qilish, zamonaviy masjid, kutubxona, kichik markaz va mehmonxona bunyod etish, katta va go‘zal ziyoratgohga aylantirish bo‘yicha loyihalar ишлаб чиқилиб  amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sulton Saodat majmuasida bo‘lib, hududda qurilayotgan 1000 o‘rinli masjid bilan tanishdi. Hududni obodonlashtirish, masjidda ibodatni ado etishga keluvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari mutasaddilar va diniy soha vakillari bilan Sulton Saodat majmuasini ziyorat qildi va Qur’on tilovat qilindi.

Ma’lumot uchun: Ushbu qadamjo X-XVII asrlarga mansub maqbaralar majmuasidir. Bu yerda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari Fotima onamiz va Hazrat Alining beshinchi avlodi bo‘lgan Sayyid Hasan al-Amir mangu qo‘nim topgan. Shu bois u aslida Sulton Sodot, ya’ni “Sayyidlar sultoni” deya atalgan. Keyinchalik maqbara atrofiga uning avlodlari va boshqa sayyidlar dafn etilgan.