Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib, sport ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi va sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Markazda 457 nafar o‘quvchi tahsil olib kelmoqda. Shundan, qiz bolalar 41 nafarni, parasportchilar 9 nafarni tashkil etadi. Hozirda o‘quvchilar sportning 18 turi bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi.

Viloyat hokimi sportchi yoshlar bilan uchrashuv davomida yaratib berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, jahonning yuksak arenalarida, Olimpiyada va paralimpiya musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lgan kiritgan holda yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarish lozimligini, buning uchun sportchi yoshlarimizga barcha sharoit va zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini aytdi.

Soha mas’ullariga oshxona, yotoqxona va sport zallaridagi sharoitlarni yaxshilash, ovqatlanish rasionini belgilangan talablarga asosan tashkil etilganligini o‘rganish topshirildi.

Tadbir yakunida chempion yoshlarga pul mukofotlari vaucherlari topshirildi.