Termiz shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal davom etmoqda

Termiz shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal davom etmoqda

Termiz shahri qiyofasini butkul o‘zgartirish, zamonaviy, odamlar uchun qulay va yashillikka burkangan shaharga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, Prezident topshirig‘i bilan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, shaharning Ibn Sino markaziy ko‘chasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sug‘orish tarmoqlarini montaj qilish ishlari, qurilish-taʼmirlash, uylarning fasad qismini bo‘yash, piyodalar yo‘laklari qurilishi va shu kabi boshqa ishlar amalga oshirilmoqda.