Alohida toifadagi yoshlar bilan ishlash masalasi muhokama qilindi

Alohida toifadagi yoshlar bilan ishlash masalasi muhokama qilindi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyi binosida shahar hokimi O‘ktam To‘rayev tomonidan alohida toifadagi yoshlar bilan ishlash masalasi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda sektor rahbarlari, hokimning barcha o‘rinbosarlari va yoshlarga biriktirilgan 21 ta tashkilot va muassasa rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda shahar rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish borasida masʼullar tomonidan olib borilayotgan ishlarni tanqidiy-tahlil qildi.

Yig‘ilish davomida yoshlarning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlab chiqilgan Yo‘l xaritasi asosida biriktirilgan mutasaddilarning hamkorlik qilishlari va ishlarni tizimli tashkil etishlari yuzasidan ularga tegishli topshiriqlar berilib, aniq vazifalar yuklandi va ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.