Termiz shahrida o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazildi

Termiz shahrida o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazildi

Bugun, 26-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida Termiz shahar hokimligi, shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi hamda "VESTMINSTER " o‘quv markazi hamkorligida 3-4 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Fan olimpiadasida viloyatdagi umumiy o‘rta taʼlim maktablaridan 300 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Ushbu olimpiadadan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi yoshlarni o‘z bilim va ko‘nikmalarini yana-da mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni ro‘yobga chiqarish hamda Prezident maktabi kirish imtihonlariga tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdan iboratdir.

Yakunda olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘quvchilarga sertifikatlar topshirildi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi esa kelgusi haftada o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularga shahar hokimligining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshiriladi.