PREZIDENT TOPSHIRIG‘I AMALDA

PREZIDENT TOPSHIRIG‘I AMALDA

#Aholiga_munosib_turmush_sharoitini_yaratish_yo‘lida

Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashriflari chog‘ida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Termiz shahridagi mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ichki yo‘llar, ichimlik suv taʼminoti va boshqa infratuzilma obyektlarida ishlar jadallik bilan olib borilayotir.

Ayni vaqtda “Manguzar” mahallasining “Bahor” ko‘chasiga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, mahallaning ichki ko‘chalariga jami 2 kilometr 800 metr masofaga asfalt qoplamasi yotqizish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda “Chorgumbaz” va “Yoshlar” ko‘chalarida ishlar oxiriga yetkazilgan.