Termiz shahrida maktab o‘quvchilari uchun bepul spektakllar namoyish etilmoqda

Termiz shahrida maktab o‘quvchilari uchun bepul spektakllar namoyish etilmoqda

Maʼlumki, maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan joriy yilning may oyi yurtimizning barcha tuman (shahar)larida “Teatr oyligi” deb eʼlon qilindi.

Shu munosabat bilan Termiz shahridagi viloyat drama va viloyat Qo‘g‘irchoq teatrlarida may oyida reja-grafik asosida maktab o‘quvchilari uchun bepul spektakllar namoyish etilmoqda.

Mahorat bilan sahnalashtirilgan asarlar, undagi qiziqarli voqea-hodisalar, qahramonlarning chiqishlaridan o‘quvchilar maroqli hordiq chiqarishmoqda.