“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”

“GIMNASTRADA” musobaqasining
Termiz shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Termiz shahri "Bogʻishamol" mahallasidagi "Surxon sport" majmuasida "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida  Gimnastrada musobaqasining Termiz shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqada 16-30 yosh toifasida mahallalarda istiqomat qiluvchi "Besh tashabbus" saytidan ro'yxatdan o'tgan 60 nafar qizlar jamoaviy ishtirok etishdi.

Musobaqa yakuniga koʻra:

1-oʻrin Termiz shahar 1-sektor  “Bogʻzor” mahallasi “Lola jamoasi”

2-oʻrin Termiz shahar 2-sektor  “Baynalminal” mahallasi  “Surxonim barchinoylari” jamoasi

3-oʻrin Termiz shahar  4-sektor  “Jayxun” mahallasi “Kelajak avlod” jamoasi” egallashdi.