“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”

Mahallalardan boshlab yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2 mavsumdan iborat ommaviy sport musobaqalarni oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu tizim asosida bugun Termiz shahri "Bogʻishamol" mahallasidagi "Surxon sport" majmuasida "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida Gimnastrada musobaqasining Termiz shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqada 16-30 yosh toifasida mahallalarda istiqomat qiluvchi "Besh tashabbus" saytidan ro'yxatdan o'tgan 60 nafar qizlar jamoaviy ishtirok etishdi.

Musobaqani Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati bo'lim boshlig'i Sh.Olimov hamda Yoshlar siyosati va sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i A.Arabov va shahar hokimining o‘rinbosari K.Ashurovlar ochib berishdi.