Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini Termiz shahrida namunali tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, xatlovlar jarayonlarida aniqlangan muammoli yoshlar sektorlar va tashkilotlar rahbarlariga biriktirilgan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahar tibbiyot birlashmasida sektor rahbarlariga biriktirilgan ana shunday yoshlarning bir guruhi bilan uchrashdi. Uchrashuvda yoshlarning 18 nafariga hoxish va istaklariga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilishi uchun jihozlar topshirildi.

Termiz shahrida mas’ullarga biriktirilgan 1 168 nafar yoshlar bilan ishlashni yanada jadallashtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, hayotda o‘z yo‘lini topishda ko‘maklashish maqsadida faol, o‘z sohasida ilg‘or bo‘lgan volontyor yoshlar guruhi ham tashkil etilgan.

Viloyat rahbari ushbu volontyor yoshlar guruhi bilan ham uchrashib, yoshlar bilan manzilli ishlashning yangicha tizimini yo‘lga qo‘yish borasidagi muammolar, kelgusidagi vazifalar haqida muloqot qildi. Ularning bu haqidagi taklif va tavsiyalari tinglandi.