Hokim va yoshlar uchrashuvi: Hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi

Hokim va yoshlar uchrashuvi: Hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi

Bugun, Termiz shahridagi Yoshlar markazida «Manguzar» mahallasi yoshlari uchun tasdiqlangan reja-grafikka asosan navbatdagi “Hokim va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi, 1-sektor rahbari O‘ktam To‘rayev, hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari va mahalla yoshlari hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida shahar hokimi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi.

Xususan, yoshlarning xorijiy til o‘quv kurslari xarajatlarini qoplashda, kontrakt to‘lovi, moddiy yordam hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandini to‘y xarajatlarida amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaatlari tegishli tartibda ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Ochiq muloqot ko‘rinishida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning murojaatlari yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.