“Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

“Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

Bugun 10-may kuni Termiz shahridagi 9-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvda  Nuroniylar jamg‘armasi Termiz shahar bo‘limi raisi T.Berdiyev, keksa va o‘rta avlod vakillari hamda ushbu muassasada tarbiyalanayotgan jajji bolajonlar ishtirok etishdi.

Nuroniylar va muassasa tarbiyalanuvchilari  tomonidan qiziqarli shaxmat o‘yini bellashuvi hamda jajji bolajonlar tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.