Xotira abadiy – qadr muqaddas!

Xotira abadiy – qadr muqaddas!

Bugun 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Termiz shahridagi Motamsaro ona haykali maydonida tantanali gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

Marosimda Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqarma va idoralar jamoalari hamda nuroniylar vakillari tashrif buyurishib, maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar. 

Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi.