XOTIRA TURNIRI O‘TKAZILDI

XOTIRA TURNIRI O‘TKAZILDI

Termiz shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan mahallalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar faollari va Termiz muhandislik-texnologiya institutining ayol o‘qituvchilari ishtirokida 9 may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan marhum ijodkor, jurnalist “Jamila Ergasheva” xotirasiga bag‘ishlab, voleybol bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.