“OBOD QISHLOQ VA OBOD MAHALLA" DASTURI TO‘G‘RISIDA.

“OBOD QISHLOQ VA OBOD MAHALLA" DASTURI TO‘G‘RISIDA.

Bugun Termiz shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.05.2023-yildagi "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash  haqida"gi 183-sonli qarori mazmun mohiyatini ijrosi, tartiblari bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda shahar hokimligi masʼullari, mahallar raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etishdi. Ushbu o‘quv seminarda shahardagi barcha mahallalarda navbatma-navbat mazkur qaror asosida “Obod qishloq va Obod mahalla” dasturi orqali ishlar olib borishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.