VATAN FIDOYI FARZANDLARINI UNUTMAYDI

VATAN FIDOYI FARZANDLARINI UNUTMAYDI

Termiz shahrida 9 - may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida mehnat qilgan fuqarolarning holidan xabar olinmoqda.

Xususan, shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i, kasaba uyushmalari federatsiyasi shahar bo‘limi raisi va “Nuroniylar” jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari T.Berdiyevlar birgalikda keksalar xolidan xabar olishdi.

Shuningdek, nuroniylar 9 may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan tabriklanib, ularga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan sovg‘alar ulashildi.