Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida “San’at saroyi” hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami” tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Xalqimiz tomonidan o‘tganlarni xotirlash, nuroniy va faxriylarni e’zozlash, qadrlash kuni sifatida nishonlanishini, umumxalq bayramining mazmuni-mohiyatidan kelib chiqib, tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni tayyorlash, dasturlarni shunga ko‘ra ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, bayram tadbirlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilinib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.