Bayram arafasida keksalar xolidan xabar olinmoqda

Bayram arafasida keksalar xolidan xabar olinmoqda

Ayni kunlarda Termiz shahrida 9 - may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida mehnat qilgan fuqarolarning holidan xabar olinmoqda.

Bugun shahar prokurori o‘rinbosari, “Nuroniylar” jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari T.Berdiyev va mahalla faollari birgalikda "Baynalminal" mahallasida istiqomat qiluvchi 93 yoshli Aman Aynazarov, "Jo‘yjangal" mahallasidan 98 yoshli Yerka Sovarovalar xonadoniga borib, ularning xolidan xabar olishdi.

Shuningdek, nuroniylar 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan tabriklanib, ularga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan sovg‘alar ulashildi.