Prezident topshirig‘i amalda

Prezident topshirig‘i amalda

Maʼlumki, Prezidentimiz raisligida joriy yilning 11-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida turli ijtimoiy toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish haqida gapirib, ular bilan ishlash borasida bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surgan edilar.

Xabar berib borayotganimizdek, shahar hokimi O‘ktam To‘rayev o‘ziga biriktirilgan turli ijtimoiy toifadagi yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tinglab amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Xususan, bugun “Guliston” mahallasida ikki nafar yoshning murojaati bo‘yicha ularga stol tennisi jamlanmasi va suv nasosi yetkazib berildi. Qolaversa, “Bog‘ishamol” mahallasida istiqomat qiluvchi yana bir yosh sportchining murojaatiga asosan dzyudo sport kiyimi (kimano) taqdim etildi.