Termiz shahar kasb-hunar maktabida nemis tili oʼquv kurslari tashkil etildi

Termiz shahar kasb-hunar maktabida nemis tili oʼquv kurslari tashkil etildi

Bugun, 4 may kuni Surxondaryo viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassislari Termiz davlat pedagogika instituti professor-oʼqituvchilari bilan birgalikda nemis tili maxsus oʼquv kurslarini tashkil etish maqsadida Termiz shahar kasb-hunar maktabi oʼquvchilari bilan uchrashdi.

Termiz shahar kasb-hunar maktabida nemis tili oʼquv kurslarini tashkil etish maqsadida 2 ta guruh shakllantirilib, ularning har birida 15 nafardan oʼquvchi qamrab olindi. Uchrashuvda oʼquvchilarga ikkinchi chet tilini oʼrganishning ahamiyati, yoshlarning kasbiy rivojlanishidagi yangi imkoniyatlar haqida soʼz yuritildi.

Tashrif chogʼida kasb-hunar maktabi chet tili oʼqituvchilari hamda oʼquvchilarning bilimlarini sinovdan oʼtkazish maqsadida ingliz va rus tillaridan Mock test ham oʼtkazildi.