Muammo, murojaat va yechim: Chegara mahallasida aholi muammolari o‘rganildi

Muammo, murojaat va yechim: Chegara mahallasida aholi muammolari o‘rganildi

Bugun Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev aholi muammolarini o‘rganish, murojaatlarini joyida tinglash, ko‘tarilgan masalalarni hal etish maqsadida “Chegara” mahallasi fuqarolari uchun hududdagi 21-sonli maktab binosida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Murojaatlar asosan imtiyozli davolanish, uy-joy ta’miri, moddiy yordam, uy-joy uchun subsidiya olish, arxitektura va kommunal sohaga oid masalalarda bo‘ldi.

Sayyor qabul davomida 25 nafar fuqaroning murojaati o‘rganildi. Murojaatlarining bir qanchasiga shu yerning o‘zida ijobiy yechim topildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida tinglanib hal etish chorasi ko‘rilmoqda, ayrim murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilayotgan bo‘lsa, ijrosi qo‘shimcha o‘rganish va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.