UCH AVLOD VAKILLARINI BIRLASHTIRGAN TADBIR

UCH AVLOD VAKILLARINI BIRLASHTIRGAN TADBIR

Bugun 3-may kuni Termiz shahar 4-umumtaʼlim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar Nuroniylar jamg‘armasi Termiz shahar bo‘limi raisi T.Berdiyev, mahalladagi faol nuroniylar, jamoatchilik kengashi va "Keksalar maslahati" guruhi aʼzolari, hamda o‘quvchi yoshlar qatnashdi.

El-yurt ravnaqi yo‘lida kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi. Yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, maktabning yosh ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.