“AMUDARYO DAM OLISH MASKANI”DA AHOLI UCHUN KO‘NGILOCHAR KONSERT DASTURI DAVOM ETMOQDA

“AMUDARYO DAM OLISH MASKANI”DA AHOLI UCHUN KO‘NGILOCHAR KONSERT DASTURI DAVOM ETMOQDA

 

Xabar berganimizdek, “Guliston” mahallasida joylashgan “Amudaryo dam olish maskani”da har kuni soat 19:00 dan boshlab shahrimiz aholisi va mehmonlar uchun ko‘ngilochar madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Tadbirga mahallalardan tashrif buyurgan ota-onalar o‘z farzandlari bilan birga ishtirok etishib, xushovoz xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, ertak va multfilm qahramonlarining chiqishlari hamda boshqa ko‘ngilochar dasturlarni tinglab, maroqli hordiq chiqarishmoqda.

 

 Barchangizni ushbu tadbirga taklif qilamiz keling tomosha qiling va maroqli dam oling!