Sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosari va mas’ul tashkilotlar rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashmoqda

Sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosari va mas’ul tashkilotlar rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashmoqda

Xabaringiz bor, 2023 yil 11 aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish haqida gapirib, ular bilan ishlash borasida bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surgan edilar.

Ushbu yangi tizim asosida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, “Yoshlar balansi”ga kirgan yoshning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 ta toifaga ajratildi va ushbu toifadagi yoshlar bilan individual ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari va mas’ul tashkilotlar rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarning yechimi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.