Viloyat hokimining topshirig‘idan so‘ng

Viloyat hokimining topshirig‘idan so‘ng

 

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kecha Termiz shahridagi mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan edi.

 

Bugun ushbu topshiriqlar ijrosiga kirishildi. Termiz shahri “Yulduz” mahallasida ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, chiqindilarni tozalash, bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni butash, oqlash ishlari boshlab yuborildi.

 

Shuningdek, hududdagi noqonuniy qurilmalar bartaraf etilib, qurilish chiqindilari olib chiqildi. Oqova suv tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etilib, barqaror ishlashi taʼminlandi.

 

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda.