Uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi

Uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi

 

Bugun 20 aprel kuni Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz shahar Nuroniylar Kengashi raisi, faol nuroniylar, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi vakillari, texnikum jamoasi va talabalar ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida keksa avlod vakillari o‘zlarining hayotiy tajribalari haqida yosh avlodga o‘z fikrlarini aytdilar. Yoshlarni ilm olishga, o‘qishga chorlovchi hikmatlardan namunalar o‘qildi.

 

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu uchrashuv har uch avlod qalbiga o‘zgacha ruh olib kira oldi.