Termiz shahrida yoshlar bilan ishlashning namunali tizimi joriy etiladi

Termiz shahrida yoshlar bilan ishlashning namunali tizimi joriy etiladi

 

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11 aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqqa asosan Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi”da viloyat sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Viloyatda yoshlar bilan ishlash tizimini namunali tarzda tashkil etish maqsadida Termiz shahri tanlab olingan. Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini taʼminlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul etib, Termiz shahri sektor rahbarlari va tashkilotlar biriktirildi.

 

Shuningdek, masʼullarga yoshlar bilan ishlashning yangi tizimini Termiz shahrida namunali tarzda tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.