Janubda “Otalar qabul kuni” yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Janubda “Otalar qabul kuni” yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatiga tashrifida haftaning shanba va yakshanba kunlari viloyatning tajribasi sifatida “Otalar qabul” kuni bo‘lishini taklif qilgan edilar.

Mazkur tashabbus bo‘yicha Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy qism komandiri Davlat rahbarining tashrifida belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek taʼlim-tarbiyaga eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi va farzand tarbiyasida otalar o‘rni mug‘im ekanligi inobatga olinib maktablarda “otalar majlisi” yig‘ilishlarini o‘tkazish va ularni madaniy hordiq chiqarishlari uchun otalar bilan birgalikda o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng haftaning yakshanba kuni harbiy xizmatchilar o‘z farzandlari bilan Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda ekskursiya tashkil etildi.

Tashkil etilgan ekskursiyada yoshlar harbiy qismda otalarining xizmat joylari bilan, shu bilan birgalikda harbiy qismda tashkil etilgan muzey va kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda haftaning yakshanba kuni “Otalar qabul kuni” deb eʼlon qilingan.

Mazkur tashabbus Surxondaryo viloyatida joylashgan boshqa harbiy qism va muassasalarda ham o‘tkazilmoqda.