Bugun 9-Surxondaryo okrug komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi hamda OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun 9-Surxondaryo okrug komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi hamda OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi

 

Okrug komissiyasi raisi A.Xo‘jaqulov boshqarib borgan yig‘ilishda Raqamli texnologiyalar vazirligining Surxondaryo viloyat shoʻbasi, Viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mutasaddilarining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan olib borayotgan ishlari haqidagi axborotlari tinglandi.

 

Okrug komissiyasining matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida okrug komissiyasining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan olib borayotgan ishlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.