Termiz shahrida yil yakuniga qadar 10 dan ortiq yangi mehmonxona faoliyatini boshlaydi

Termiz shahrida yil yakuniga qadar 10 dan ortiq yangi mehmonxona faoliyatini boshlaydi

 

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq hududlarda turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar sohalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda, masʼullarga soha yuzasidan vazifalarni belgilab bermoqda.

 

Ish kuni avvalida viloyat rahbari Termiz shahrida “Termiz Boysun Qurilish” korxonasi tomonidan qurilgan “Tarmita plaza” mehmonxonasi bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida Termiz shahrida mehmonxona qurayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi. Ular bilan sohadagi mavjud muammolar hamda ularning yechimi muhokama qilindi. Yil yakuniga qadar shaharning o‘zida 10 dan ortiq mehmonxona foydalanishga topshirilishi maʼlum qilindi.

 

Shundan so‘ng, Termiz shahrida yangi mehmonxonalar qurish, Termiz tumanida dam olish maskani tashkil etish bo‘yicha loyiha-taqdimotlari bilan ham tanishilib, loyihalarni takomillashtirish, sifatli amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.