Patronaj hamshiralari bilan seminar o‘tkazildi

Patronaj hamshiralari bilan seminar o‘tkazildi

Bugun Termiz shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan individual ishlash mavzusida seminar tashkil etildi. Unda shahar hokimining o‘rinbosari K.Ashurov, yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi sho‘ba mudiri, poliklinika mas’ullari va patronaj hamshiralari ishtirok etishdi.

Seminar davomida nogironligi bo‘lgan yoshlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlash hamda ro‘yobga chiqarish mexanizmlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Jarayonda patronaj hamshiralar tomonidan nogironligi bo‘lgan yoshlarning muammolarini aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va vazifalar belgilandi.

Yakunda o‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.