“UCh AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

“UCh AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

Termiz shahridagi 9 va 21sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla fuqarolari, faol nuroniylar, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida uch avlod vakillari dildan suhbat qurishdi.

Samimiy muloqotda nuroniylar va o‘rta avlod vakillari tomonidan mamlakatimizda inson va uning qadr-qimmatini yuksaltirish, xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish ustuvor vazifaga aylangani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida nuroniylar mamlakat tinchligi va ravnaqi hamda xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo‘l ochishdi.