O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 20 fevraldagi “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligining qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 20 fevraldagi “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligining qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Joriy yilning 13 aprel kuni Termiz shahar hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Oliy sud Plenumining 2023 yil 20 fevraldagi “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligining qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda sudlar tomonidan soliq nizolarini ko‘rishda yagona sud amaliyotini shakllantirish yuzasidan sudyalar va soliq idoralari xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu seminarda Oliy sud raisi o‘rinbosari Shuhrat Polvanov, Oliy sud sudyasi Dilmurod Karimov, viloyat sudlari va fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar bo‘yicha sudyalari, prokuratura vakillari hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

 

O‘tkazilgan seminarda dastlab Oliy sud sudyasi Dilmurod Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Oliy sud Plenumining 2023 yil 20 fevraldagi “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligining qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirib o‘tildi.

 

Shuningdek, yangi Plenum qarorining o‘ziga xos muhim jihatlaridan biri – maʼmuriy sudlarda hamda iqtisodiy sudlarda ko‘riladigan soliqqa oid nizolar bo‘yicha ishlarni sudlarda ko‘rish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilgan.

 

Shu nuqtai nazardan mazkur plenum qarorini amaliyotda eng zarur deb hisoblangan masalalar bo‘yicha qo‘llash yuzasidan takliflar o‘rin olganligini alohida taʼkidlash joiz.

Bundan tashqari, ushbu seminarda amaliyotdan kelib chiqqan holda soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlari, soliq hisoblash, moliyaviy jarima va imtiyozlarni qo‘llash hamda soliq organlarining qarorlari asosida soliqlarni undirishdagi xatoliklarga oid muhim masalalar ham muhokama qilindi.

 

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan masʼullardan batafsil javoblar olishdi.

 

Asqar Qudratov

Surxondaryo viloyat sudi Jamoatchilik

va ommaviy axborot vositalari bilan

aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti