Prezident topshirig‘i amalda

Prezident topshirig‘i amalda

 

Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘ida ijtimoiy soha obyektlarini, xususan o‘quvchi yoshlarning sifatli taʼlim olishlari uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida maktablarni mukammal taʼmirlash bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

 

Shunga ko‘ra, hozirgi kunda Termiz shahridagi 2-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 14 va 16-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarini mukammal taʼmirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

 

Ushbu jarayonda maktablar binosining tashqi qismini bazalt bilan qoplash, tom qismini taʼmirlash hamda eshik, rom va pol qismlarini yangilash kabi ishlar amalga oshiriladi.